Lufthansa O‘zbekistonga parvozlarni qayta tiklashga qiziqish bildirmoqda
Polshaning LOT, Germaniyaning Lufthansa, Turkiyaning Sunexpress, Janubiy Koreyaning Jeju Air va jahon miqyosida yetakchilardan biri - Qatar Airways aviakompaniyalari parvozlarni qayta tiklashga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Foto: Dunyo AA
Uzbekistan Airports kompaniyasi vakillari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan World Routes Forum-2023'da ishtirok etdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, forum doirasida Uzbekistan Airports vakillari Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq va Osiyoning 56 ta aviakompaniyalari mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi. 18 ta kompaniya yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston aeroportlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
Jumladan, Polshaning LOT, Germaniyaning Lufthansa, Turkiyaning Sunexpress, Janubiy Koreyaning Jeju Air va jahon miqyosida yetakchilardan biri - Qatar Airways aviakompaniyalari parvozlarni qayta tiklashga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deyiladi xabarda.
Shuningdek, FlyDubai va Jazeera Airways vakillari bilan parvozlar geografiyasini kengaytirish va mavjud reyslar sonini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Bundan tashqari, Lufthansa, Thai Cargo va Qatar Airways kompaniyalari bilan yuk reyslarini tashkil etish yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
1993 yildan 2001 yilgacha Lufthansa Toshkentdan Frankfurtga doimiy yo‘lovchi reyslarini amalga oshirgan. 2010 yilda aviakompaniya Toshkentga parvozlarni tiklagan, biroq keyinchalik bekor qilgan.
Mavzuga oid

17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:45 / 29.04.2025
Yangilangan yo‘lak va perronlar, buziladigan aerovokzal – Andijon xalqaro aeroportidan reportaj

20:31 / 20.03.2025
Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi

16:16 / 15.03.2025