Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodan Toshkentga yana bir yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Poyezd «Toshkent - Sariosiyo - Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi tashiydi.

Foto: Kun.uz
2023 yil 10 dekabr kunidan boshlab «Toshkent — Sariosiyo — Toshkent» yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezd harakatlana boshlaydi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, shu paytgacha «Toshkent – Termiz – Sariosiyo» yo‘nalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdi qatnovi bo‘lgan.
Bu poyezd «Toshkent-Termiz-Toshkent» yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshirishda davom etadi. 10 dekabrdan boshlab «Toshkent-Sariosiyo-Toshkent» yo‘nalishida alohida qatnov boshlanadi.
Yo‘nalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 82-sonli «Toshkent — Sariosiyo» yo‘nalishi:
Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08
- 81-sonli «Sariosiyo — Toshkent» yo‘nalishi:
Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47
- 80-sonli «Toshkent — Termiz» yo‘nalishi:
Toshkent 19:50 — Termiz 9:40
- 79-sonli «Termiz — Toshkent» yo‘nalishi
Termiz 17:43 — Toshkent 8:53
«Hozirgi kunda «Toshkent – Termiz – Sariosiyo» yo‘nalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdi mavjud bo‘lib, u ajralmas tarkib bilan harakatlanadi. Ushbu poyezdning ikkita yo‘nalishda alohida qatnovlarini tashkil etish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu maqsadda yo‘lovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirishga qaratilgan «Toshkent – Sariosiyo – Toshkent» yo‘nalishida alohida yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

12:45 / 25.07.2025