Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolyapti
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSh dollariga yetgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 12,2 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 8,8 mlrd hamda 4 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Turkiya – 2,8 mlrd;
Koreya – 2,1 mlrd;
Turkmaniston – 970 mln;
Germaniya – 962 mln;
Qirg‘iziston – 878 mln;
Fransiya – 832 mln;
Afg‘oniston – 784 mln dollar.
Mavzuga oid

09:46 / 02.07.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochmoqda

11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi

14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi

15:16 / 10.05.2025