Toshkent viloyatida o‘gay ona 13 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgani aniqlandi
Qizning otasi turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati, Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilingani holati tekshirilmoqda. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda, 2010 yilda tug‘ilgan qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlangan. Qizning otasi ham turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ombudsman xabariga ko‘ra, qiz sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilgan, ammo tanasida jarohatlar aniqlanmagan. U bilan psixolog yakka tartibda suhbat o‘tkazgan. Bolaga ruhiy zo‘ravonlik yetkazilgani va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, o‘gay onaning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ham ekspertiza tayinlangan.
Ta’kidlanishicha, tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid

11:05 / 13.06.2025
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

20:55 / 12.06.2025
“1 soatda bitadigan muammoni 1,5 yildan beri cho‘zishmoqda” – Zangiotada tayyor yangi maktab ish boshlamayapti

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

13:55 / 29.05.2025