Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi chang bo‘roni tufayli Toshkent – Termiz reysi Qarshiga qo‘ndi
Yonilg‘i to‘ldirilganidan so‘ng samolyot Termiz aeroportiga uchib ketgan.
Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lumotida aytilgan.
Qayd etilishicha, Termiz aeroportida noqulay ob-havo sharoiti - chang bo‘roni tufayli Toshkent – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha Silk Avia aviakompaniyasining USA-751 reysi ekipaji Qarshidagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qilgan.
Samolyot Qarshi aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 10:51 da qo‘ngan.
Xabarda ma’lum qilinishicha, yonilg‘i to‘ldirilganidan so‘ng samolyot Termiz aeroportiga uchib ketgan.
Mavzuga oid

10:03 / 04.07.2025
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

15:39 / 29.06.2025
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi

15:19 / 13.06.2025