Samarqandda Cobalt mashinasini olib qochgan yigit ushlandi
Yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U mast holda bo‘lgani uchun o‘zi bilmagan holda bu ishga qo‘l urganini aytmoqda.

Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida mashina olib qochgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
2023 yil 31 dekabr kuni soat 00:30 larda fuqarolardan biri Samarqand viloyat IIBga murojaat qilib, Samarqand shahri Ro‘dakiy ko‘chasida ochiq qoldirilgan Cobalt mashinasini noma’lum shaxs olib qochib ketganini bildirgan.
Samarqand shahar IIO FMB YHXB va sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 2024 yil 1 yanvar kuni tongda Cobalt va uni olib qochgan shaxs ushlangan.
Qayd etilishicha, mashinani olib qochgan shaxsga Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:45 / 22.05.2025
Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025