Investitsiyalar vazirligi xodimi fuqaroni AQShga yuborishini aytib pul olayotganda ushlandi
DXX tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u kelishilgan puldan 10 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi xizmat mavqeyidan foydalangan holda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan.
So‘ng go‘yoki AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Amerikaga yuborish evaziga undan 14 ming AQSh dollari talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025