Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkent yerusti metrosining «Qipchoq» va «Turon» bekatlari yaqinidagi do‘konlarda sodir bo‘lgan yong‘in poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yerusti metrosi yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi
Sergeli tumanida metroning «Qipchoq» va «Turon» bekatlari yaqinidagi bir nechta yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. «Toshkent metropoliteni» yong‘in metro tizimiga ta’sir ko‘rsatmaganini bildirgan.

Foto: Videodan kadr
15 yanvar kuni soat 14:56 da Toshkent shahri Sergeli tumanida metroning «Qipchoq» va «Turon» bekatlari yaqinidagi bir nechta do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Yong‘in tumanning Qanora ko‘chasida joylashgan yengil konstruksiyadan qurilgan do‘konlarda kelib chiqqan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in qutqaruv ekipaji soat 15:01 da yetib borgan. Soat 15:05 da yong‘in to‘liq o‘rab olingan va soat 15:12 da batamom o‘chirilgan.
«Hodisa oqibatida jarohat olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori o‘rganilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:14
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

14:47 / 07.07.2025
Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

20:09 / 06.07.2025
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

15:21 / 06.07.2025