Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Monza’dan tanasini chiqarib harakatlangan yoshlarning ota-onasi javobgarlikka tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlangan va xavfli manyovrni amalga oshirgan shaxslarning videosi tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Foto: Videodan kadr
Aniqlanishicha, joriy yilning 16 yanvarga o‘tar kechasi taxminan soat 03:30 larda Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasida 2005 yilda tug‘ilgan Sh.S. (haydovchilik guvohnomasi mavjud emas) ijaraga olingan Monza rusumli avtomobilda davlat raqamini yechib harakatlangan.
Harakatlanish jarayonida transport vositasida tanishlari - 2006 yilda tug‘ilgan M.A., 2006 yilda tug‘ilgan M.L., 2009 yilda tug‘ilgan I.A. ham bo‘lgan va yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Transport vositasini boshqargan Sh.S. yo‘lovchilar M.L. va I.A. tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlanishiga yo‘l qo‘ygan va ularning hayotini xavf ostiga solgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Transport vositasi jarima maydoniga qo‘yildi.
Shuningdek, transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidalari buzililgani holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025