Jamiyat | 10:45 / 21.01.2024
8006
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda o‘z xonadonida mayning ferma tashkil etgan shaxs ushlandi

Sherobod tumanida o‘z xonadoniga mayning qurilmalari o‘rnatgan shaxs qariyb 300 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Sherobod tuman bo‘limi, prokuratura va IIB TQX kiberxavfsizlik xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda “Galaguzar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi E.E. o‘z uyida 23 ta to‘plamdagi mayning kripo-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 284,8 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid