Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
Bunga dovonda kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

Foto: Kun.uz
M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari chegarasida joylashgan Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, bunga dovonda kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.
“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Taxtaqoracha dovonining qayta ochilishi bo‘yicha FVV Axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

16:35 / 06.04.2025
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi

20:27 / 28.03.2025