Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda sodir bo‘lgan “avariya”da yo‘lovchi ayol halok bo‘ldi
Tan jarohatlari olgan mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 30 yanvar kuni soat 16:45 larda yuz bergan.
Termiz tumani Gulbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-99 avtomobil yo‘lining 25-kilometrida 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilgan.
Oqibatda, mashina yo‘lovchisi 2003 yilda tug‘ilgan ayol og‘ir tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. Haydovchi tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra YTHga haydovchi ehtiyotsizlik qilib, mashinani yuqori tezlikda boshqargani sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va fotosuratlarda Nexia-3 pachaqlanib ketganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025