Yettinchi milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
Biznesmen Vasiliy Anisimov Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya fuqaroligidan voz kechgan yettinchi milliarderga aylandi.

Foto: TASS
Milliarder Vasiliy Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonovning sobiq sherigi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin buni amalga oshirgan yettinchi milliarder bo‘ldi.
Anisimov Xorvatiya fuqarosi bo‘lib, bu mamlakat iqtisodiyotiga 11 million dollar sarmoya kiritgan.
Hujjatlarga ko‘ra, Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechishini 2022 yil sentabr oyida rasmiylashtirgan. Shu bilan birga, u biznes vizasi bilan Rossiyaga kelib-ketishda davom etmoqda, unga taklifnomani «Bolshoye Domodedovo» kompaniyasi beryapti.
Anisimovning o‘zi Rossiyada aktivlari yo‘qligini va «Bolshoye Domodedovo» bilan Coalco kompaniyalarini menejyerlariga berganini da’vo qiladi.
Ukrainada urush boshlanganidan keyin olti milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechgan edi: Timur Turlov, Ruben Vardanyan, Yuriy Milner, Nikolay Storonskiy, Igor Makarov, shuningdek, Oleg Tinkov (u urush boshlanganidan keyin milliard dollarlik boyligining katta qismini yo‘qotgan).
Mavzuga oid

21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi

19:32 / 24.05.2025
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12 / 24.05.2025