Taniqli klipmeyker Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi
U ko‘plab badiiy filmlarda operatorlik va rejissyorlik ham qilgan.

Foto: Madaniyat vazirligi
Taniqli klipmeyker Jasur Shametov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Jasur Shametov “Zarb”, “Gunoh”, “Poyma-poy”, “Sadoqat”, “Qalbaki dunyo”, “Achchiq hayot”, “Qalbim o‘g‘risi” kabi bir qancha badiiy filmlarda operatorlik, “Mahallada nima gap” musiqiy-komedik filmida rejissyorlik qilgan. Rayhon, Lola, Shohruxxon, Munisa Rizayeva, “Afro‘z” guruhi va boshqa xonandalarning o‘nlab kliplarini tasvirga olgan.
Shuningdek, Jasur Shametov 2021 yili “Zakovat” klubining yangi madhiyasi bo‘lgan Shohrux reperning “Zakovat” qo‘shig‘iga klip ham suratga olgan edi.
Mavzuga oid

00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin

12:38 / 08.04.2024