Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Olmazor tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 17 fevral kuni soat 16:00 larda Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida 1985 yilda tug‘ilgan M.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti hamda 1986 yilda tug‘ilgan O‘.P. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Lacetti hamda Cobalt haydovchisi va yana 1 nafar yo‘lovchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:47 / 07.07.2025
Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

14:10 / 04.07.2025
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi

08:45 / 18.06.2025
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

08:00 / 05.06.2025