Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi
Qonunchilikka bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunchilik palatasining deputati, spikeri bilan bog‘liq me’yorlar o‘zgartirildi. Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar bo‘yicha qoida belgilandi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili beriladi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Mavzuga oid

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

12:12 / 30.06.2025
Qimmatbaho metall va toshlar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik joriy etiladi

09:51 / 26.06.2025