O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiya hajmida ulushi yuqori davlat ma’lum bo‘ldi
2023 yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 352,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 53,4 foizga yetgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 25,6 foiz.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha:
— Rossiya – 13,4 foiz;
— Saudiya Arabistoni – 7,9 foiz;
— Turkiya – 6,4 foiz;
— BAA – 5,8 foiz;
— Germaniya – 4,3 foiz.
Mavzuga oid

11:25
Iyun oyida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi

15:22 / 27.06.2025
Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalariga imtiyozlar beriladi

13:25 / 26.06.2025
O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 3 mlndan oshdi

14:03 / 25.06.2025