Vengriya O‘zbekistonga baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohalariga sarmoya kiritadi
Baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 mln yevroga teng bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyasining 7-9 aprel kunlari Vengriyaga amaliy safari tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, safarning birinchi kunida Vengriyaning bir qator kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar uyushtirildi.
Natijada baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid

11:15
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

16:41 / 22.05.2025