Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyatining ikki hududida ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol o‘z uyida o‘zida OIV infeksiyasi borligini bila turib begona erkak bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik qilgan vaqtda ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yana bir holat Sharof Rashidov tumanida qayd etilgan. Unda, 34 yoshli erkak o‘zida OIV borligini bilsa-da, shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, 29 yoshli ayol bilan yashirincha yashab kelgan va kasallikni jinsiy yo‘l bilan ushbu ayolga yuqtirgan.
Respublika OITSga qarshi kurashish markazi OIV aniqlangan bemorlarni ushbu kasallikni qasddan yuqtirganlik uchun qonunchilikka ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantirgan.
Mavzuga oid

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

10:33 / 10.06.2025
90 kundan ortiq chet elda bo‘lgan fuqarolar majburiy ravishda OIVga tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025