Xavi «Barselona»da qolishini e’lon qildi
Xavi «Barselona» bosh murabbiyi sifatidagi ishini davom ettirishga qaror qilganini rasman ma’lum qildi.

Foto: Reuters
Klub prezidenti Joan Laporta va Xavi ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ispaniyalik murabbiy jamoada qolishiga nimalar turtki bo‘lganini aytib o‘tdi.
«Klubda boshlagan loyihamiz davom etadi. Fikrimcha, bu klub uchun ham yaxshi qaror. «Barsa»ning ashaddiy muxlisiman. Klubda rahbariyat, direktorlar kengashining o‘zimga nisbatan yuqori ishonchini his qildim. Futbolchilarning qo‘llab-quvvatlashi ham muhim rol o‘ynadi. Muxlislarga ham menga bo‘lgan ishonch va mehr uchun katta rahmat.
Bu klub uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligimni barcha biladi. Klub prezidenti bilan suhbatda o‘z fikrlarimni bildirdim. Nima qilsak, eng avvalo klub uchun yaxshi bo‘lishi haqida ko‘p o‘ylayman.
Yanvarda jamoadan ketishimni e’lon qilganim sababi, o‘shanda mavsum yakunida klubni tark etish – men uchun eng to‘g‘ri qarordek ko‘ringandi. Hozir esa vaziyatga boshqacharoq qarayapman.
Barchadan minnatdorman va fikrimcha, men endi eng yaxshi qarorni qabul qildim», - deydi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Xavi 28 yanvar kuni «Vilyarreal»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (3:5) keyin mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng murabbiy bu fikridan qaytmasligini bir necha marta takrorlagandi.
Ma’lumot uchun, «Barsa» o‘tgan haftada YeChL chorakfinalida turnirdagi ishtirokini to‘xtatgan bo‘lsa, La Ligada 70 ochko bilan peshqadam «Real»dan 11 ochko ortda qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi
Jahon | 17:53
-
Rossiya yo‘qotish nima ekanini tushunishi kerak – Zelenskiy
Jahon | 17:49
-
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
Jahon | 17:16
Mavzuga oid

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025