Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Foto:
Qamchiq dovonidagi yo‘l-patrul xizmati otryadi xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan avtomobil ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «Nexia-2» rusumli, 40701BBA davlat raqam belgili avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha muddati o‘tib ketgan 100 mln so‘mlik qarzi borligi, umumiy hisobda 28 marta yo‘l harakati qoidasini buzgani va qidiruvga berilgani aniqlangan.
Avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Mavzuga oid

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025