Senatorlar fuqarolarning ekologik huquqlari ta’minlanishidan xavotir bildirdi
Senatda inson huquqlari sohasidagi O‘zbekistonda xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risida axborot eshitildi.

Foto: Senat.uz
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidovning O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Unda qayd qilinishicha, 2023 yil umumxalq referendumida O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan inson huquqlarini ilg‘or xalqaro standartlar asosida himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishning yangi qonunchilik asoslari yaratilgan.
Shu bilan birga, majlisda o‘tkazilgan o‘rganishlardan kelib chiqib, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish samaradorligi bilan bog‘liq qator masalalar belgilab olindi.
Jumladan, senatorlar fuqarolarning ekologik huquqlari ta’minlanishidan, ayniqsa, Toshkentdagi vaziyatdan xavotir bildirdi. Bundan tashqari, turli shakldagi zo‘ravonlikdan bolalarni himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, bu borada ota-onalar, ta’lim muassasalari va hokimiyat boshqa organlarining mas’uliyatini oshirish zarurligi qayd etildi.
Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da belgilangan qator qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish kechiktirilayotgani aytib o‘tildi.
Har tomonlama muhokama yakunlari bo‘yicha Senat qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini so‘zsiz bajarish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

10:24 / 15.05.2025