O‘zbekiston 4 oyda 186 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy bilan qayd etilgan.
2024 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shu davrda tashqi savdo aylanmasi hajmi 20,9 mlrd AQSh dollariga yetkazilgan.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 foiz), Rossiya (18,4 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,4 foiz) va Koreya Respublikasida (3,3 foiz) qayd etilgan.
Shuningdek:
- eksport – 8,5 mlrd (9 foizga oshgan);
- import – 12,4 mlrd (3,9 foizga oshgan).
Mavzuga oid

13:25 / 26.06.2025
O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 3 mlndan oshdi

12:18 / 23.06.2025
Oilaviy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

10:40 / 09.06.2025
May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi

09:45 / 09.06.2025