Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yuklari Turkmanboshi porti orqali Rossiyaga yetkazilishi mumkin
Turkmanistonning Turkmanboshi portidan Rossiyaning Astraxan viloyati portlariga qadar yuklarni suv orqali yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Turkmanboshi porti
Rossiyaning Astraxan viloyati gubernatori Igor Babushkin Rossiya delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga yuklarni yetkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Qayd qilinishicha, bugungi kunda ular Astraxanga avtomobil orqali yetkazilmoqda. Ulardan ba’zilari Astraxan logistika markazining terminallari orqali o‘tadi. 2023 yilda 15 ming tonna sabzavot va meva yetkazilgan.
Uchrashuvda Turkmanistonning Turkmanboshi portidan Astraxan viloyati portlariga qadar Shimoliy-Janub yo‘lagining dengiz komponenti orqali O‘zbekistondan Rossiyaga yuklarni suv orqali yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, Astraxan viloyati rahbari o‘zbekistonlik kompaniya va tadbirkorlarni Astraxan tranzit imkoniyatlaridan foydalanishga chaqirgan.
Mavzuga oid

12:21
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi

10:20
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi

09:44
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi

08:58