Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti boshlig‘i Farg‘ona viloyatiga ishga o‘tkazildi
Shavkat To‘rayev Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, bugun hokimlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shavkat To‘rayev viloyat jamoatchiligiga tanishtirildi.
Shavkat To‘rayev 1979 yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2004 yildan beri bojxona tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
U bungacha “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
2017 yildan buyon Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Ixvol Azimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

16:09 / 18.07.2025
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?

09:04 / 18.07.2025