Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malavi vitse-prezidenti samolyot halokatida vafot etdi
Chikangava o‘rmonida radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyot qoldiqlari topildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Afrikada joylashgan Malavi davlati vitse-prezidenti Saulos Klaus Chilima va yana to‘qqiz nafar yo‘lovchi samolyot halokati qurboni bo‘ldi. 11 iyun kuni Malavi prezidenti ma’muriyati ma’lumotni tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy samolyot halokati joyidan olingan kadrlar paydo bo‘ldi.

Poytaxt Lilongvedan Mzuzu shahriga uchayotgan samolyot kechasi radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi.
Malavi prezidenti Lazarus Chakvera so‘zlariga ko‘ra, samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli Mzuzu aeroportiga qo‘na olmagan va bir muncha vaqt o‘tib radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Qidiruv ekipajlari Mzuzu janubidagi Chikangava o‘rmonida yo‘qolgan samolyotning qoldiqlarini topgan.

Chilima 51 yoshda edi. Malavi hukumati veb-saytiga ko‘ra, u 2014 yilda vitse-prezident bo‘ldi va 2019 yilgi prezidentlik saylovida uchinchi o‘rinni egallaganidan keyin 2020 yilda ikkinchi marta lavozimiga tasdiqlandi. 2022 yil oxirida Chilima korrupsiya mojarosiga aralashdi va mamlakat Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi tomonidan hukumat shartnomalari evaziga tadbirkordan pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. May oyida Chilima o‘z aybini rad etdi, Malavi hukumati unga qo‘yilgan barcha ayblovlarni olib tashladi va tergovni to‘xtatdi. Chilima 2025 yilgi saylovda Malavi prezidentligi uchun ariza berishi mumkin edi.
Samolyot qulagan Chikangava o‘rmoni 50 ming gektardan ortiq maydon. Bu Afrikadagi sun’iy ravishda ekilgan eng katta o‘rmonlardan biridir.
Mavzuga oid

17:55 / 30.06.2025
Hindistondagi Boeing Dreamliner halokatiga sabotaj sabab bo‘lishi mumkin

17:11 / 22.06.2025
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025