Xitoy va Rossiya Janubiy Xitoy dengizida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Bu tahlilchilar tomonidan AQShning hududdagi harbiy ishtiroki kuchayishiga javob sifatida baholanmoqda.

Foto: AP
Iyul oyining boshida Xitoy va Rossiya dengizda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi, deya xabar bergan Xitoy Mudofaa vazirligi.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, «Qo‘shma dengiz mashqlari-2024» Xitoyning janubidagi Guangdong provinsiyasining Chjanjiang hududida bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlar yillik harbiy mashg‘ulotlar rejasi va ikki qurolli kuch o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga muvofiq amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.
«Davom etayotgan manyovr dengiz xavfsizligi muammolarini birgalikda hal qilish hamda global va mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda ikki tomonning qat’iyati va imkoniyatlarini namoyish etishdan iborat», deyilgan xabarda.
Yaponiya milliy xavfsizlik bilan bog‘liq jihatlarni keltirib, o‘z chegaralari yaqinidagi hamkorlik operatsiyalaridan jiddiy xavotirda ekanini bildirgan.
Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi qo‘shma mashg‘ulotlar dasturi ular o‘rtasidagi strategik hamkorlikning namoyishi sifatida tavsiflangan. Tahlilchilar so‘nggi manyovrlarni AQShning hududdagi harbiy ishtiroki kuchayishiga javob sifatida baholashgan.
Mavzuga oid

08:34 / 18.05.2025
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025