Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“NATOning tafakkuri klassik davrga qaytdi” - Kamoliddin Rabbimov
SSSR parchalanganidan keyin NATO tashkiloti endi kerakmi degan savollar ham yangragan, harbiy alyans bir muddat ekstremistik va terroristik tashkilotlarga diqqatini qaratgan edi, lekin Putinning 2007 yili Myunxendagi nutqidan keyingi davrda NATO yana yirik avtoritar davlatlarga qarshi turish tafakkuriga qaytdi, deydi siyosatshunos.

Foto: Reuters
Sovet ittifoqi qulaganidan keyin NATO o‘ziga yangi mazmun izladi. Ya’ni yangi konseptual tahdid ko‘rinmayotgan edi. Ma’lum bir muddat tashkilotning asosiy obekti ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘ldi. 11 sentabr voqealaridan keyin, NATO tarixida birinchi va hozircha oxirgi marta 5-modda qo‘llandi: Amerikani mudofaa qilish uchun shu modda asosida Afg‘onistonga kirilgan edi.
Keyingi 20 yilda NATOning tafakkuri yana o‘sha klassik davrga qaytyapti. Ekstremizm va terrorizm – bu tashkilotlar, Rossiya va Xitoy esa – klassik davlatlar. 75 yillik sammitda avtoritar davlatlar, ayniqsa Xitoydan kelayotgan tahdidlar bosh mavzulardan biri bo‘ldi.
NATOning bu tafakkurga qaytishi Qrim anneksiyasidan ham avvalroq, Putinning 2007 yili Myunxendagi nutqiga borib taqaladi. Bu Rossiyaning G‘arbga konseptual e’tirozi, vetosi bo‘lgandi.
Umuman, NATOga a’zo davlatlarning tafakkuri har doim shunday bo‘lgan: vaqti kelib baribir Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi bilan global to‘qnashuv bo‘ladi. 1990-yillardayoq Amerikaning ba’zi bir kongressmenlari va senatorlari NATO bu faqat transatlantik tashkilot emas, global tashkilot bo‘lishi kerak, unga Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreyani a’zo qilish kerak, Markaziy Osiyoda ham ba’zi davlatlar a’zo bo‘lishi kerak fikrlarni aytishgandi. Tinch okeani havzasidagi, Xitoy atrofidagi bu to‘rtta davlatlar rahbarlari 75 yillik sammitda asosiy mehmonlar qatorida ishtirok etdi.
- Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning Kun.uz studiyasida kechgan suhbatdagi ushbu fikrlari “Nuqtayi nazar” rukni uchun ajratib olindi.
Mavzuga oid

15:15
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

13:45
Latviya Germaniyaning YeI va NATOdagi roli kuchayganini olqishladi

22:07 / 06.07.2025
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi

00:11 / 05.07.2025