Isroil harbiylari Rafahdagi asosiy suv rezervuarini portlatib yubordi
Shahar ma’muriyati isroilliklarning harakatlarini insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi.

Foto: Anadolu Agency
Isroil harbiylarining G‘azo janubidagi Rafah shahrida markaziy ichimlik suvi rezervuarini portlatib yuborishi insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi. Bu haqda Rafah meri Ahmad es-Sufi «Anadolu» muxbiriga ma’lum qildi.
«Tel-Sulton hududidagi asosiy suv rezervuarini okkupatsion kuchlar tomonidan bombardimon qilinishi insoniyatga qarshi jinoyat va jamoaviy jazolash siyosatining davomi», - dedi rasmiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv rezervuarining yo‘q qilinishi shahardagi gumanitar inqirozni yanada kuchaytiradi.
Agentlik suhbatdoshi xalqaro tashkilotlarni vaziyatga aralashib, Isroil tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Isroilning Haaretz gazetasiga ko‘ra, Isroil rezervuar portlatilganini tan olgan. Armiya matbuot xizmati voqea yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

08:23 / 23.05.2025
AQShda isroilliklarni otib o‘ldirgan shaxsga ayblov qo‘yildi

16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

10:15 / 22.05.2025