Dunyodagi eng tezkor zirhli avtomobil taqdim etildi
Amerikaning US Armor Group kompaniyasi Lucid Air Sapphire elektr sedanining himoyalangan modifikatsiyasini taqdim etdi. U dunyodagi eng tezkor zirhli transport vositasi ekani aytilmoqda.

Foto: Carscoops
Carscoops xabariga ko‘ra, uch dvigatelli elektr sedani 1251 ot kuchiga ega va 2 soniyadan kamroq vaqt ichida 100 km/soat tezlikka erisha oladi. U ballistik oyna bilan qoplangan va 44 Magnum revolveridan uzilgan o‘qlarga dosh bera oladi. Elektromobilning kuzovi kompozit zirh bilan mustahkamlangan bo‘lib, u ballistik po‘latdan 10 baravar kuchli, ammo besh baravar yengilroqdir.
Elektr transport vositasiga 175 kg og‘irlik (ikki yo‘lovchiga teng) qo‘shadigan zirhlar to‘plami bilan ham u 322 km/soat maksimal tezlikka erisha oladi.
Bundan tashqari, Lucid Air Sapphire elektron xakerlik hujumlaridan himoya qiluvchi tizim, shuningdek, politsiya va yong‘in xavfsizligi tizimlaridan ma’lumotlarni yig‘ish orqali tahdidlar xavfini doimiy ravishda o‘rganadigan maxsus ilg‘or texnologiyaga ega.
Bunday elektromobilning narxi 475 ming dollardan boshlanadi, bu Air Sapphire seriyasidan deyarli ikki baravar qimmat. Mijozlar ixtiyoriy ravishda granatalar, portlovchi qurilmalar va miltiqlardan himoya qilish uchun mustahkamlangan zirhlarga, shuningdek, elektr eshik tutqichlari, qalampir purkagichlari va boshqalarga buyurtma berishi mumkin.
Mavzuga oid

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

22:02 / 31.05.2025
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

09:03 / 21.04.2025