Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi «O‘zbekneftgaz»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Kompaniyaning qariyb 4,8 mlrd so‘mlik 2 ta savdosida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlarning alomatlari aniqlangan.

Foto: O‘zbekneftgaz
Raqobat qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekneftgaz»ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4,8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasi (savdolarda raqobatni cheklash) talablari buzilganlik alomatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan «O‘zbekneftgaz» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

14:32 / 30.06.2025
Temiryo‘l chiptasi bo‘yicha qariyb 800 ming yo‘lovchidan undirilgan ortiqcha haq qaytariladi

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

11:13 / 20.06.2025