Avstraliyadagi bog‘da yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi
Har yili qariyb 2 million odam tashrif buyuradigan Kvinslenddagi ushbu bog‘ to‘qqizta sumatra va bengal yo‘lbarsining uyi hisoblanadi.

Foto: Getty Images
Avstraliyadagi bog‘da yo‘lbars hujumga uchragan tajribali hayvon o‘rgatuvchi qo‘lidan jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi BBC.
Kvinslend tez yordam xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli ayolning ahvoli hozirda barqaror bo‘lib, Dreamworld’dagi ishi davomida qo‘lining bir necha joyidan jarohat olgan. «Bu juda kam kuzatiladigan holat va biz yaxshilab tergov o‘tkazamiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Har yili qariyb 2 million odam tashrif buyuradigan ushbu bog‘ to‘qqizta sumatra va bengal yo‘lbarsining uyi hisoblanadi.
«U Dreamworld’dagi yetakchi va tarjibali hayvon o‘rgatuvchilardan… Unga boshqa xodimlar yordam berishga ulgurgani ko‘rish yoqimli», — deya ta’kidlanadi xabarda. Dreamworld ma’lumotlarga ko‘ra, «Yo‘lbarslar oroli» attraksioni — dunyodagi kam sonli interfaol yo‘lbars eksponatlaridan biridir.
Ushbu attraksion qariyb 30 yil oldin ochilgan va kuniga ikki marotaba shou o‘tkazadi, uning doirasida yirtqichlar «suv ostidan suzib o‘tadi», shuningdek, tomoshabinlar ularning ovqatlanish jarayonini kuzatishlari mumkin bo‘ladi.
Mahalliy OAVga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida volerda bir nechta ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lgan, jumladan, 2011 yilda to‘qqiz yoshli Kato laqabli bengal yo‘lbarsi ikki nafar tomoshabinni tishlab olgan.
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

21:48 / 07.06.2025
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

17:11 / 04.06.2025
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi

18:52 / 21.05.2025