Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Joriy yilning 3-9 sentabr kunlari Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) texnik hamkorlik departamenti Yevropa mintaqasi bo‘limi direktori Ye.Kulli Kala boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Tashrif davomida AEXAning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan milliy loyihalari holati, mavjud muammoli masalalar va ularning o‘zaro maqbul yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan uchrashuvlar va maslahatlashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
AEXA delegatsiyasining Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi A.Rafikov va Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining mas’ul xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda AEXA delegatsiyasi bilan amalga oshirilayotgan milliy loyihalar, Sog‘liqni saqlash vazirligining saraton kasalligini davolashni rivojlantirishga hamda Fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti tadqiqot reaktori xavfsizligini oshirishga qaratilgan milliy loyihalar holati va muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Mavzuga oid

08:23 / 01.07.2025
AEXA rahbari: Eron yadroviy dasturini harbiy harakatlar bilan hal qilib bo‘lmaydi

08:50 / 27.06.2025
AEXA rahbari: Eronning agentlik bilan hamkorligi - yuridik majburiyat

07:34 / 27.06.2025
AEXA yadroviy avariya vaziyatida harakat qilish bo‘yicha eng yirik mashg‘ulotni o‘tkazdi

15:05 / 25.06.2025