Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:40 / 18.09.2024
4860
2 daqiqa o‘qiladi
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlari yanada rivojlantirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
- Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini hamda uning mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalarini aniqlashtirish;
- jamg‘arma tomonidan to‘lanadigan subsidiyalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiyalar” portali orqali berish;
- jamg‘arma mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlashning foiz va muddatlarini qayta belgilash;
- “Agroplatforma” AT orqali imtiyozli kreditlash uchun ariza berishni soddalashtirish;
- mahsulot yetkazib berish bo‘yicha fond birjasi orqali tuzilgan fyuchers shartnomalarini bekor qilish hamda mahsulotni qayta savdoga chiqarish tartibini amaldagi huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.
Xususan, quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori;
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori;
- Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Mavzuga oid

12:06 / 26.07.2025
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

09:45 / 21.07.2025
O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi sohasida Serbiya bilan hamkorlik qiladi

21:56 / 19.07.2025