Toshkentda Malibu-2 va Lacetti to‘qnashishi oqibatida uch kishi jarohat oldi
Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasida yuz bergan YTH oqibatida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi hamda Malibu-2 haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 23 sentabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 13-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.K. Malibu-2 rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi, 1951 yilda tug‘ilgan X.T.ga va Malibu-2 rusumli avtomashina haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:21
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025