Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ikkita uy yonib ketdi
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yong‘in sodir bo‘lib, ikkita uy jiddiy zarar ko‘rgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hodisa kecha 2024 yil 26 sentabr kuni tunda sodir bo‘lgan.
FVBga soat 22:23 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan va ular soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borgan. Soat 23:10 da yong‘in qurshab olingan va soat 23:55 da olov o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 2 ta uyning taxminan 150 metr kvadrat maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

15:01 / 07.07.2025
Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

14:47 / 07.07.2025
Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

20:09 / 06.07.2025
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi

15:21 / 06.07.2025