Harvard talabalari smart ko‘zoynak yordamida begonalarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi
Talabalar Ray-Ban-Stories aqlli ko‘zoynagini yuzni aniqlash tizimi va ommaviy ma’lumotlar bazalariga uladi, bu esa o‘tkinchilarning shaxsini aniqlash imkonini berdi.

Foto: AFP/Getty Images
Qurilma Harvard talabalarga notanish yo‘lovchininf ismi, telefon raqami, uy manzili, ish joyi, shuningdek, qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan.
Smart ko‘zoynaklarning ishlash prinsipi Ray-Ban Meta kameralaridan olingan videolarning bevosita uzatilishiga asoslangan. Maxsus kompyuter dasturi sun’iy intellekt yordamida kadrdagi yuzlarni ochiq ma’lumotlar bazalari orqali aniqlaydi. Bu bilan o‘tkinchilar haqidagi shaxsiy ma’lumotlar ham topiladi, so‘ng mobil ilovaga yuboriladi.
Talabalardan biri o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida ko‘zoynak qanday ishlashini namoyish etuvchi videoni joylashtirdi. Tajriba o‘tkazuvchilar ko‘chada va metroda notanish odamlar yoniga borib, ularning ismi, ish joyi va boshqa ma’lumotlarini aytib hayratga solmoqda. Bundan tashqari, talabalar bu texnologiya yordamida o‘z kursdoshlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni bilib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Talabalar o‘z tajribalari orqali kelajakdan kutilgan yechimlar hozirning o‘zida mavjudligini, shu bilan birga odamlar haqidagi shaxsiy ma’lumotlar yetarlicha himoyalanmaganini ko‘rsatib berdi.
Facebook asoschisi Mark Tsukerberg yaqinda bergan intervyusida 2030 yilga borib aqlli ko‘zoynaklar asosiy iste’molchi qurilmaga aylanishini aytgandi. Ammo bu boshqa gadjetlar tarixga aylanadi degani emas: kompyuterlar va telefonlar ham ishlatiladi, lekin kamroq.
Mavzuga oid

09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi

00:39 / 23.05.2025
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi

19:29 / 28.04.2025
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

18:37 / 22.04.2025