Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston BRICS a’zosi bo‘lishdan bosh tortdi
Prezident To‘qayev BRICS a’zosi bo‘lish haqida taklif olgan bo‘lsa-da, Qozog‘iston yaqin orada bu tashkilotga qo‘shilmaydi.

Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston hozircha BRICS a’zosi bo‘lishni rejalashtirmayapti, garchi mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga bunday taklif tushgan bo‘lsa-da, dedi davlat rahbari maslahatchisi va matbuot kotibi Berik Uali.
«Hozirgi vaqtda va ehtimol, yaqin kelajakda Qozog‘iston BRICS a’zosi bo‘lishdan tiyiladi, shu jumladan, a’zolik masalasini ko‘rib chiqishning ko‘p bosqichli ekani, shuningdek, ushbu tashkilotning istiqboliga oid boshqa masalalar sababli», dedi u.
Uali so‘zlariga ko‘ra, BRICS a’zosi bo‘lish bo‘yicha takliflar davlat rahbari tomonidan «Qozog‘iston milliy manfaatlari nuqtai nazaridan» ko‘rib chiqilgan. Ammo hozircha To‘qayev «barcha dolzarb xalqaro muammolar muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan va muhokama qilinishi kerak bo‘lgan universal va muqobili yo‘q tashkilot sifatida» BMT ustuvor ekaniga ahamiyat bermoqda», deb qo‘shimcha qildi u.
Qayd qilinishicha, To‘qayev BRICS evolyutsiyasini «qiziqish bilan kuzatmoqda» va blokning Rossiyadagi 24 oktyabrdagi sammitida ishtirok etmoqchi.
BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining bosh harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.
Mavzuga oid

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:41 / 07.07.2025
BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

23:24 / 17.06.2025
To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

20:45 / 09.06.2025