O‘zbekistonda 9 oyda qariyb 300 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi
Eng ko‘p Cobalt – 117 705 dona, eng kam Lada – 6 dona ishlab chiqarilgan.

Foto: Kun.uz
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning o‘tgan 9 oyi davomida 297 044 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Mamlakat avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida tayyorlangan yengil avtomobillar soni quyidagicha bo‘lgan:
— “Cobalt” – 117 705 dona
— “Damas” – 70 030 dona
— "Tracker" – 31 197 dona
— “Onix” – 24 753 dona
— “KIA” – 14 214 dona
— “Lacetti-Gentra” – 12 837 dona
— “Chery” – 5 619 dona
— “Haval” – 1 803 dona
— “Lada” – 6 dona
— Maxsus yengil avtomobillar – 18 880 dona.
Avvalroq, 2024 yilning 8 oyi mobaynida O‘zbekistonda 260 ming donadan oshiqroq avtomobil tayyorlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

15:52
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi

12:18
Oilaviy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

12:58 / 21.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

20:16 / 13.06.2025