Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi
“Nexia” mashinasi nosoz holda yo‘l chetida to‘xtab turgan “Kamaz” yuk mashinasining old tomoniga urilgan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 27 oktyabr kuni tongda ro‘y bergan.
Haydovchisi “Nexia” mashinasi bilan Jomboy tumani G‘azira mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda ketayotib, o‘zi tomonda yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan “Kamaz” yuk mashinasining old o‘ng tomoniga urilgan.
Oqibatda “Nexia” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, YHXB mutasaddilari va aholi vakillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan mahallada muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda yo‘llarda harakatlanish paytida qoidalarga qat’iy rioya qilish uqtirilgan.
Mavzuga oid

16:33
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

14:10 / 04.07.2025
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi

13:23 / 03.07.2025