Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak metro stansiyasida hojatini chiqargani tasvirlangan video tarqaldi. Metropoliten matbuot xizmatiga ko‘ra, holat 27 sentabrda sodir bo‘lgan va ushbu erkakning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak metropolitenda hojatini chiqarib ketgani tasvirlangan video keng tarqalmoqda. Toshkent metropoliteni mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, videodagi holat 27 sentabr kuni sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
«Ayni vaqtda belgilangan tartibda fuqaroga nisbatan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda yo‘lovchilardan metropolitendan foydalanish vaqtida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish va tozalikka rioya qilishlarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 23 fevralda «Chilonzor» metro bekatida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirilgan edi. O‘shanda Toshkent metropoliteni ona-bola xonasi hamda hojatxona sinov tariqasida qurilgani, natija kutilganidek bo‘lsa, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan yana 14 ta metro bekatida ham barpo etilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

22:35 / 05.07.2025
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

11:06 / 05.07.2025
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025