O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonda 119,6 tonna oltin ishlab chiqarilgan.

Foto: ngmk.uz
2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilar orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Bu haqda World Gold Council ma’lumotlariga tayanib, TASS yozdi.
Qayd qilinishicha, 12 oy davomida O‘zbekistonda 119,6 tonna qimmatbaho metall ishlab chiqarildi.
Eng ko‘p oltin ishlab chiqargan mamlakat Xitoy bo‘ldi - 378,2 tonna. Ikkinchi o‘rinda - Rossiya (321,8 tonna), uchinchi o‘rinda - Avstraliya (293,8 tonna).
Oltin ishlab chiqaruvchilarning yetakchi o‘ntaligiga Kanada (191,9 tonna), AQSh (166,7 tonna), Gana (135,1 tonna), Indoneziya (132,5 tonna), Peru (128,8 tonna) va Meksika (126,6 tonna) ham kirdi.
Bundan tashqari, o‘tgan yil natijalariga ko‘ra, Shveytsariya oltin va uning hosilalari eksporti bo‘yicha birinchi bo‘ldi. Qimmatbaho metallni xorijda sotishdan bu mamlakat 107,2 milliard dollar daromad oldi. Ikkinchi o‘rinda - Buyuk Britaniya (65,3 milliard dollar), uchinchi o‘rinda - Xitoy (44,4 milliard dollar).
Mavzuga oid

19:19 / 24.06.2025
Putin Rossiyada milliy messenjer yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

16:21 / 24.06.2025
Putinning NATO bilan ehtimoliy urushi dunyoga 1,5 trillion dollarga tushishi mumkin – OAV

13:06 / 24.06.2025
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

11:12 / 24.06.2025