Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
O‘zbekiston elchixonasida Rossiyaning yirik ishbilarmonlari hamjamiyati hamda top-menejerlarini birlashtirgan "Birinchilar klubi" a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA
2017 yil aprel oyida tashkil etilgan "Birinchilar klubi" bugungi kunda Rossiya biznes hamjamiyatining 900 dan ortiq a’zolarini va ushbu mamlakat bozorining 26 ta sohasi yetakchilari bo‘lgan top-menejerlarni birlashtirgan.
Klubning asosiy maqsadi ishonch makonini yaratish, biznesning murakkab muammolarini ochiq muloqot orqali hal etish, qo‘shma loyihalarni amal oshirish va biznesning o‘sishi ham rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochishdan iborat.
Muloqot davomida tadbirkorlik va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning o‘rni, O‘zbekiston bozori salohiyati, ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun ochilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.
Mamlakatning investitsiyaviy va sayyohlik salohiyati, O‘zbekiston hududlarining sarmoyaviy jozibadorligiga oid taqdimotlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, qo‘shma biznes loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma korxonalarni ko‘paytirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
"Birinchilar klubi" ekspertlari, o‘z navbatida, O‘zbekiston va Rossiyada biznesning rivojlanayotgan tarmoqlari, jumladan logistika, IT va investitsiya sohalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Mavzuga oid

22:00 / 08.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni

20:58 / 08.07.2025
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi

15:15 / 08.07.2025
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

15:02 / 08.07.2025