2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
Gaz eksporti qiymati 300 ming dollardan oshdi.

Foto: TASS
2024 yilning 9 oyida Qirg‘izistondan O‘zbekistonga tabiiy va suyultirilgan gaz eksporti 5,3 barobar oshdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida Qirg‘iziston Respublikasidan qo‘shni davlatga 322 ming dollarlik 654,9 tonna tabiiy va suyultirilgan gaz eksport qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,3 barobar ko‘p. 2023 yilda 52 ming dollarlik 127,4 tonna zangori yoqilg‘i jo‘natilgan edi.
2024 yilda Qirg‘iziston Xitoyga ham gaz jo‘natgan – 16,3 tonna, qiymati 7,8 ming dollar.
Mavzuga oid

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga hukm qilindi

12:10 / 30.05.2025