O‘zbekiston banklarida Gazprombank UnionPay kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi
21 noyabr kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning Gazprombankiga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi.

Foto: RBK
Turkiya, BAA, Vengriya, Tailand, Hindiston, Qozog‘iston, Qatar, Vetnam, Janubiy Koreya, Tunis, Misr, Argentina, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Gretsiya, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Marokash banklarida UnionPay to‘lov tizimining bank kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi. Rossiyaning Gazprombanki tomonidan chiqarilgan ushbu kartalar bu mamlakatlarda ishlamayapti, deb xabar berdi TASS.
UnionPay kartalari bilan bankomatdan pul yechmoqchi bo‘lganda, texnik xatolik yoki kartaga ushbu bank tomonidan xizmat ko‘rsatilmasligi haqida ogohlantirish olinadi. Xizmat ko‘rsatishni rad etish Gazprombankning korporativ kartalariga ham, UnionPay tizimidagi individual kartalarga ham tegishli.
Nashrning eslatishicha, 21 noyabr kuni AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini e’lon qildi, unga o‘nlab jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, avvalroq sanksiyalar qo‘yilmagan Gazprombank ham bor edi. Shundan so‘ng, bank mijozlarini UnionPay kartalari faoliyatidagi qiyinchiliklar haqida xabardor qildi va yaqin kelajakda naqd pul yechib olishni maslahat bergan edi.
22 noyabr kuni Gazprombank veb-saytida UnionPay kartasini rasmiylashtirish imkoniyati yo‘qoldi. Bankning ta’kidlashicha, UnionPay kartalari Rossiya bo‘ylab ishlashda davom etadi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025