Turkiyada odam savdosi qurboniga aylangan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
Turkiyada odam savdosi qurboniga aylangan o‘zbekistonlik mamlakat Bosh konsulxonasi sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistonga qaytarildi.

Foto: Kun.uz
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi H.F. o‘z arizasida yaqin qarindoshi M.A. uni Turkiyaning Mugla viloyatidagi The Pera Hotel Marmaris mehmonxonasida zo‘rlik bilan ushlab turganini ma’lum qilgan.
Bosh konsulxona va Turkiyaning tegishli huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida holat murojaatchi aytganidek bo‘lib chiqdi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida H.F. ozod etildi va Istanbulga olib kelinib, xavfsiz joyga joylashtirildi.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holatga aloqador bo‘lgan va Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Vatandosh H.F. esa shu yil 15 noyabr kuni O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vatandoshlardan xorijga ishga borishda nihoyatda ehtiyot bo‘lishni, firibgar va jinoyatchilarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslikni so‘radi. Agar qiyin vaziyat yuzaga kelsa +905535411717 (24/7) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi
Jahon | 18:01
-
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45
-
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov
O‘zbekiston | 17:35
-
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi
Jahon | 17:26
Mavzuga oid

12:25
Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

16:22 / 20.05.2025