Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
U MDH davlatlarining xavfsizlik va razvedka idoralari rahbarlariga murojaat qildi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi. Uning so‘zlarini «RIA Novosti» keltirdi.
Putin bu haqda Moskvada yig‘ilgan MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan qutlovida aytib o‘tdi. Uni Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin o‘qib berdi.
«Avvalgidek, jamoaviy xavfsizlikka har qanday salbiy tendensiyalar va ehtimoliy tahdidlarni aniqlash, ularning rivojlanishini bashorat qilish, ma’lumot va ish tajribasi bilan almashish zarur», deyiladi qutlovda.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, 20 yil davomida bunday uchrashuvlar Hamdo‘stlik mamlakatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya etishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish va razvedka xizmatlari o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini yaratish imkonini berdi.
Shuningdek, u hozirgi murakkab geosiyosiy sharoitda razvedka xizmatlarining konstruktiv o‘zaro hamkorligi ayniqsa muhim ekanini ta’kidladi.
Putin ushbu uchrashuv sheriklikni chuqurlashtirishda muhim bosqichga aylanishi va MDH hududida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yordam berishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid

17:38 / 08.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

07:48 / 08.07.2025
Putin G‘arbni «Rossiyaga qarshi siyosat»ni davom ettirmaslik haqida ogohlantirdi

13:10 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?

11:20 / 05.07.2025