Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda oila eski qutidan XVIII asrga oid dollar topib oldi. Tanga 100 ming dollarga baholanmoqda
Nodir topilma 15 dekabr kuni kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.

Foto: West Alabama Watchman
AQShning Rod-Aylend shtatida yashovchi oila o‘z uyidan 1795 yilga tegishli kumush dollar topib oldi. U uzoq vaqt eski poyabzal qutisida turgan. West Alabama Watchman sayti xabar berishicha, hozirgi qiymati 100 ming dollarga baholanayotgan tanga 15 dekabr kuni GreatCollections kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Topilma AQSh zarbxonasi tomonidan zarb etilgan dastlabki kumush tangalardan biri bo‘lib, mazkur zarbxona prezident Jorj Vashington davrida o‘z faoliyatini boshlagan. Tanga AQShning milliy valuta yaratish bo‘yicha dastlabki urinishlarini aks ettiradi. Bundan tashqari, aynan shu dollarda noyob kumush qo‘shimcha mavjud — u tanganing og‘irligini standartlarga moslashtirish uchun qo‘shilgan. Bu turdagi tangalardan atigi 100 ga yaqin nusxa saqlanib qolgan.
Ta’kidlanishicha, artefaktni topgan oila yaqin vaqtgacha uning tarixiy qiymatidan bexabar bo‘lgan. Tanga minimal darajada yeylanganiga qarab, mutaxassislar uning 1790 yillar oxiri yoki 1800 yillar boshida muomaladan olib tashlanganini taxmin qilmoqda. Dollarga nufuzli PCGS AU58 va CAC sertifikatlari berildi. Ular tanganing yuqori sifatini tasdiqlab, kolleksionerlar orasida uning qiymatini oshiradi.
Avvalroq Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar yashirilgan xazinani topib olgandi, ularning qiymati 2,5 million dollarga baholangan.
Mavzuga oid

21:34
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

18:20
Rubio Lavrov bilan uchrashdi va Moskvaning urushni tugatish bo‘yicha «yangicha yondashuvi» haqida aytdi

16:48
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

15:41