Oqilbek Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidan bo‘shatildi
Oqilbek Japarov Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi va prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qirg‘iziston matbuoti manbalarga tayanib xabar berdi.

Oqilbek Japarov Foto: kloop.kg
Xabar qilinishicha, tegishli farmonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan.
Shuningdek, vazirlar mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qosimaliyev vazirlar mahkamasi rahbari va prezident administratsiyasi rahbari vazifasini bajarishi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Oqilbek Japarov 2021 yil 1 iyundan 12 oktyabrgacha vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. U bu lavozimni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga rahbarlik qilish bilan birlashtirgan.
2021 yil 13 oktyabrda u vazirlar mahkamasi raisi bo‘ldi va prezident ma’muriyatiga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid

07:50
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025