Rossiyada O‘zbekiston MDH davlatlari orasida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi
Rossiya poytaxtida Russian Traveler Awards 2024 milliy turizm mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA
Tanlov natijalariga ko‘ra, Rossiyaning Russian traveler jurnali tomonidan tashkil etilgan Russian Traveler Awards 2024 milliy turizm mukofotining ekspert hakamlar hay’ati O‘zbekiston "MDH mamlakatlarida turizm" nominatsiyasida g‘olib deb topdi.
Taqdirlash marosimida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Russian Traveler Awards mukofoti Russian traveler nashri tomonidan tashkil etiladi va u asosiy turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan. Ovoz berish natijasida sayohat olamidagi barcha eng yaxshi jihatlar – diqqatga sazovor joylar va marshrutlardan tortib an’analar va bayramlargacha aniqlanadi hamda Rossiyaning turistik xaritasiga kiritiladi.
Russian traveler jurnali – bu mamlakat bo‘ylab sayohat qilish va mashhur xalqaro yo‘nalishlarga bag‘ishlangan bosma nashr sanaladi. Jurnal o‘z mushtariylariga sayohat g‘oyalari, ekspert maslahatlari va fotosuratlar bilan bezatilgan maqolalarni taklif qiladi. Mazkur nashrning birinchi soni 2022 yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida taqdim etilgan.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025